Bu haqda Litva Mudofaa vaziri Robertas Kaunas bayonot berdi, uning so‘zlaridan Euronews iqtibos keltirmoqda.
Vazir oxirgi uch hafta ichida dronlarning Boltiqbo‘yi davlatlari havo hududiga uchib kirishi bilan bog‘liq bir nechta hodisa sodir bo‘lganini eslatib o‘tdi.
"Bu Boltiqbo‘yi mamlakatlari duch kelayotgan yangi voqelikdir", — dedi Kaunas va yangi hodisalarning sodir bo‘lish ehtimoli "juda yuqori" ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.