Bolgariyada yog‘ingarchilik bilan birga kelgan dovul ikki kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda mahalliy polisiya ma’lumot berdi.
Poytaxt Sofiyada kuchli shamol daraxtni ildizi bilan yulib, harakatlanayotgan avtomobil ustiga qulagani xabar qilingandi. Natijada avtomashinaning 65 yoshli haydovchisi halok bo‘lgan, uning rafiqasi esa og‘ir tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Varnada tabiiy ofat 41 yoshli ayolning hayotiga barham berdi. Shaharda favqulodda holat e’lon qilingan. Shahar va shahar atrofi aholisi ko‘chaga chiqmaslikka chaqirildi. Shu bilan birga, Varna porti ham dovul tufayli yopilgan.