7 avgust kuni Bolgariyaning Sozopol shahrida 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ukrainalik qizni qutqarishga urinish paytida suv ostidagi qoyalar orasida qolib halok bo‘lgandi.
Hozirda marhumning jasadi qutqaruvchilar tomonidan chiqarilgan. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi jasadni vataniga qaytarish ishlarini olib bormoqda.
Elchixona tomonidan marhumning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, yosh yigit qutqaruv chog‘ida kuchli to‘lqinlar ta’sirida nazoratni yo‘qotgan va suv ostidagi yirik qoyalarga qisilib qolgan. Shundan so‘ng uning jasadini olib chiqish ishlari olib borilayotgan edi.