Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Bolgariya 90 million dollarlik korrupsiya ayblovlari tufayli BAAdagi elchisini chaqirib oldi

Bolgariya 90 million dollarlik korrupsiya ayblovlari tufayli BAAdagi elchisini chaqirib oldi

Bolgariya Tashqi ishlar vazirligi korrupsiya ayblovlari tufayli BAAdagi elchisi Ivan Yordanovni chaqirib oldi.

Bu haqda mahalliy FOCUS axborot agentligi xabar berdi.

Nashrning xabar berishicha, Bolgariya tashqi ishlar vaziri Velislava Petrova shoshilinch ravishda elchini chaqirib, uni ishdan bo‘shatdi, shuningdek, BAAdagi Bolgariya elchixonasi faoliyatini tekshirishni buyurdi.

FOCUS bu qarorni Bolgariya ichki ishlar vaziri Ivan Demerdjiyev tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar bilan bog‘laydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘l to‘siqlarini yetkazib berish bo‘yicha hukumat shartnomalarining aksariyat qismini olgan to‘rtta kompaniyaning shartnoma narxlari 150 million levadan (89,5 million dollar) ko‘proqqa oshirilgan. Nashr ta’kidlashicha, bu kompaniyalar siyosiy arboblar, jumladan, BAAdagi elchining otasi bilan bog‘liq.

Bundan tashqari, mablag‘larning bir qismi hech qanday biznes bilan shug‘ullanmagan kompaniyaga o‘tkazildi. Keyinchalik pullar deputat Delyan Peevski uchun umumiy qiymati 5 million yevrodan oshgan 36 ta reysni moliyalashtirish uchun ishlatilgan. FOCUS ta’kidlashicha, bu kompaniya elchining otasiga tegishli.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!