Bugun 15 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

«Bolalik kutib turmaydi»: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi muammolarga befarq qolmadi

«Bolalik kutib turmaydi»: Saida Mirziyoyeva Qashqadaryodagi muammolarga befarq qolmadi



Saida Mirziyoyeva Qarshidagi 43-maktab va 1-bog‘chaga tashrif buyurdi. Bog‘cha avariya holatida, maktab sinfxonalari sovuq, partalar esa eskirgan. Bunday sharoitda bolalar qanday ta’lim olishi kerak?

Endi eski bog‘cha o‘rnida 360 o‘rinli yangi bog‘cha quriladi, maktab ta’mirlanib, zamonaviy laboratoriyalar va to‘garaklar tashkil etiladi.

Shuningdek, Qarshidagi «Chap tarmoq» kanali betonlashtirilib, 1,4 ming gektar tomorqa suv bilan ta’minlanadi. Kanal bo‘yida 25 ming aholi uchun dam olish maskanlari barpo etiladi.

Saida Mirziyoyeva viloyat narkologiya muassasasidagi sharoitlarni ham o‘rgandi. Bemorlarni davolash va sog‘lom hayotga qaytarish tizimini tubdan yangilash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqiladi.

«Muhimi, bu ishlar natijasini odamlar kundalik hayotida his qilishi kerak», — dedi Saida Mirziyoyeva.
Kiritildi: 18:57 04.11.2026. O'qildi: 1176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik