Bugun 29 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Bolalarim san’atkor bo‘lishini xohlamaganman — Gavhar Zokirova

Bolalarim san’atkor bo‘lishini xohlamaganman — Gavhar Zokirova

Xabaringiz bor, O‘zbekiston bo‘ylab “Yoshlar oyligi” doirasida ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan mazkur oylik munosabati bilan “Ma’rifat” targ‘ibotchilari Andijon viloyatiga tashrif buyurishdi.

Tashrif doirasida bir guruh targ‘ibotchilar Paxtaobod tumanida bo‘ldi. Mehmonlar tomonidan tumanda an’anaviy tadbirlaridan biri “Ma’rifat soati” tashkil etildi. Unda “Ma’rifat” targ‘ibotchilari jamiyati rahbari Baxtiyor Husanov, professor Narzulla Jo‘rayev hamda O‘zbekiston Xalq artisti Gavhar Zokirova ishtirok etdi.

Tadbirda Gavhar Zokirova yoshlarga bildirilayotgan ishonch xususida fikr bildirdi.

“Bolalarimiz san’atkor bo‘lishini xohlamaganmiz. Shu sabab bo‘lsa kerak, ustimizdan kulishganlar ham bo‘lgan. Farzandlarimni 3-4 yoshidan olib yurishimga to‘g‘ri kelardi. Ohista 10 kun davomida 20 marta bitta spektaklni ko‘rishiga to‘g‘ri kelgan hatto. O‘g‘lim ham shunday. Yoshligidan teatrning birinchi qatorida o‘tirib, bizni tomosha qilardi. Ularning o‘rnida boshqa kishi bo‘lsa, bezib qolardi, menimcha.

Biroq o‘g‘lim Javohir yoshligidan aktyorlikni tanladi. U teatrlarda rollar ijro etib, pul topardi. Hozirda esa barcha bilganidek qizim ham o‘g‘lim ham shu kasb (san’at)ni tanlashdi.

Yoshlarni qo‘lidan ko‘p narsa keladi. Ularga atrofdagilarning ishonchi va turtkisi muhim. Ularning tanlovini qadrlash kerak. Biz ham farzandlarimiz san’atkor bo‘lishini xohlamasak ham qarorlarini hurmat qildik”, dedi u.

Kiritildi: 00:45 23.06.2023. O'qildi: 15421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!