Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bolalarga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun rozilikni onlayn berish mumkin bo‘ladi

Bolalarga xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun rozilikni onlayn berish mumkin bo‘ladi



2026 yil 1 avgustdan migrasiya va personallashtirish sohasida boshqa shaxsning roziligi talab etiladigan davlat xizmatlari uchun E-Rozilik platformasini ishga tushirish rejalashtirilmoqda.

Loyihaga ko‘ra, jismoniy va yuridik shaxslar platforma orqali bir martalik elektron rozilikni quyidagi xizmatlar uchun rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi:
voyaga yetmaganlarga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish uchun ota-ona yoki vasiy (homiy) roziligini berish;
15–18 yoshli voyaga yetmaganlarning mustaqil ravishda chet elga chiqishiga rozilik berish;
16 yoshga to‘lmagan bolalarga ID-karta rasmiylashtirish uchun ota-ona yoki qonuniy vakil roziligini berish;
fuqarolikdan chiqishda ota-ona va turmush o‘rtog‘ining roziligini rasmiylashtirish;
yashash yoki turgan joy bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish va ro‘yxatdan chiqarishda uy-joy egasi yoki manfaatdor shaxslarning roziligini olish;
uy-joyda ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi ma’lumotnoma (17-shakl)ni olish uchun uy egasining roziligini rasmiylashtirish.

Elektron rozilikni Passport-visa mobil ilovasi orqali rasmiylashtirish uchun BHMning 50 foizi (206 ming so‘m), migrasiya bo‘limiga shaxsan murojaat qilinganda esa BHMning 30 foizi (123 ming 600 so‘m) miqdorida yig‘im undirilishi taklif etilmoqda.

Kiritildi: 19:33 25.07.2026. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!