Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bolalar ombudsmani: umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi lozim

Bolalar ombudsmani: umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi lozim

Bolalarga nisbatan og‘ir jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi taklif qilindi.

Namanganda bolaga nisbatan sodir etilgan og‘ir jinsiy jinoyat yuzasidan Bolalar ombudsmani keskin pozisiya bildirdi.

Ombudsmanga ko‘ra, bolalarga nisbatan og‘ir jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi joriy etilishi lozim.

Qayd etilishicha, bunday jinoyatlar bolaning nafaqat jismoniy, balki ruhiy holati, bolaligi va kelajagiga ham uzoq muddatli zarar yetkazadi.

Bolalar ombudsmani ushbu taklifni Parlamentga taqdim etilgan maxsus ma’ruzada ham ilgari surgan. Qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi ta’kidlangan.

Kiritildi: 22:06 27.09.2026. O'qildi: 691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!