Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Vuchich iste’foga chiqdi. U yangi kurashga kiradi

Vuchich iste’foga chiqdi. U yangi kurashga kiradi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich iste’foga chiqdi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakatda bo‘lib o‘tadigan muddatidan oldingi parlament saylovlarida ishtirok etish va bosh vazirlik lavozimi uchun kurashish maqsadida iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.

Vuchich avvalroq parlamentni tarqatib yuborgan va navbatdan tashqari saylovlarni 25 oktyabrga belgilagan edi. Hukmron Serbiya Taraqqiyot partiyasi Vuchich «Birlashgan Serbiya» ro‘yxatiga boshchilik qilishini tasdiqladi.

Vuchichning prezidentlikdagi ikkinchi muddati 2027 yil o‘rtasida tugashi kerak edi. Serbiya Konstitusiyasiga ko‘ra, bir shaxs prezidentlik lavozimini ikki muddatdan ortiq egallay olmaydi.

U 2025 yil avgust oyidayoq iste’foga chiqish rejasini ma’lum qilgan edi. Bu Novi-Sad shahrida rekonstruksiya qilingan temiryo‘l vokzali peshtoqining qulab tushishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lganidan keyin boshlangan ommaviy namoyishlar fonida yuz bergan. Namoyishchilar Vuchich va uning atrofidagi shaxslarni korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik bilan aloqalar hamda siyosiy muxolifatga bosim o‘tkazishda ayblagan.

Kiritildi: 07:12 28.09.2026. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!