Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Misr Isroilni HAMASning 7 oktyabrdagi hujumidan oldin bir necha marta ogohlantirgan

Misr Isroilni HAMASning 7 oktyabrdagi hujumidan oldin bir necha marta ogohlantirgan

The Wall Street Journal nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, Misr HAMASning 2023 yil 7 oktyabrdagi hujumidan oldin Isroilni bir necha bor ogohlantirgan, jumladan, Misr razvedka xizmati rahbari Abbos Komil hujumdan bir necha kun oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga qo‘ng‘iroq qilgan.

Misr 2023 yilning iyun va sentyabr oylarida ham Isroil tomoniga HAMAS hujumga tayyorlanayotgani haqida oldindan ogohlantirishlar bergan. Bunday xabarlar hujum boshlanishiga taxminan 48 soat qolgunga qadar davom etgan.

Netanyahu o‘ziga HAMASning hujumi haqida oldindan ogohlantirishlar kelib tushganini rad etib, Isroil xavfsizlik xizmatlari boshliqlari uni kerakli tarzda ogohlantirmaganini da’vo qilmoqda.

Avvalroq Isroilning Haaretz nashri Birlashgan Arab Amirliklari rahbari shayx Muhammad bin Zoid 2023 yilda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni HAMAS guruhi Isroilga yirik hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida bevosita ogohlantirgani, ammo Netanyahu bu axborotni maxsus xizmatlarga yetkazmagani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 10:27 28.09.2026. O'qildi: 733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!