Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Janubiy Koreya Ukrainadan Shimoliy Koreyalik ikki asirni topshirish masalasida izoh va uzr talab qildi

Janubiy Koreya Ukrainadan Shimoliy Koreyalik ikki asirni topshirish masalasida izoh va uzr talab qildi

Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Ukrainadan Shimoliy Koreyaning ikki harbiy asirini Seulga topshirish haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgani yuzasidan izoh va uzr talab qildi.

Seul Ukraina tomoni asirlarni topshirish haqidagi kelishuvni oshkor qilganini va keyinchalik maxfiylik bo‘yicha kelishuv bo‘lmaganini bildirganini tanqid qildi. Prezidentning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha katta kotibi Son Gi Xon bu holatdan «chuqur afsus» bildirib, zarurat tug‘ilsa, qo‘shimcha choralar ko‘rilishi mumkinligini aytdi.

Janubiy Koreya ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev asirlarni topshirish masalasini Seul bilan turli kanallar orqali bir necha bor muhokama qilgan va jarayonning maxfiy saqlanishini so‘ragan. Bunga asirlarning o‘zlari va ularning oilalari xavfsizligi, shuningdek, diplomatik va gumanitar omillar sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy esa BMT Bosh Assambleyasidagi nutqi chog‘ida Ukraina Kursk viloyatida asirga olingan ikki nafar Shimoliy Koreya fuqarosini Janubiy Koreyaga topshirganini ma’lum qilgan.

Ayni paytda Ukraina tomoni Seul bilan ma’lumotni maxfiy saqlash bo‘yicha kelishuv bo‘lganini rad etmoqda. Zelenskiy ofisidagi manba Ukraina bunday va’da bermaganini ta’kidlagan. Prezident maslahatchisi Dmitriy Litvin ham bunday kelishuv bo‘lmaganini bildirgan.

Kiritildi: 08:22 28.09.2026. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!