"Rossiya segodnya" media guruhi bosh direktori "Maxsus harbiy operasiya va Uchinchi jahon urushi" forsayt-forumida Ukrainadagi mojaro haqida fikr bildirdi.
Kiselyovning aytishicha, mojaro sabablari tarix, iqtisodiyot, madaniyat va siyosiy qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq. Shuning uchun, uning fikricha, harbiy harakatlarni to‘xtatish mojaroni hal qilmaydi.
U Rossiya strategiyasi frontdan tashqariga ham ta’sir qilayotganini, xususan, sanoat, logistika, infratuzilma va iqtisodiyot sohalarida o‘zgarishlar yuz berayotganini ta’kidladi.
Uning fikricha, o‘t ochish to‘xtatilganidan keyin ham Ukrainaning siyosiy va ijtimoiy tizimida uzoq davom etadigan o‘zgarishlar jarayoni boshlanishi mumkin.