Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam qaysi hollarda rad etiladi?

Bolalar nafaqasi va moddiy yordam qaysi hollarda rad etiladi?


Oilalarga ijtimoiy yordam tayinlashda quyidagi omillar hisobga olinadi:
➖ Daromad: oila a’zosiga to‘g‘ri keladigan daromad belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa.
➖ Avtomobil: 12 yildan oshmagan yengil mashina mavjud bo‘lsa (nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun — 7 yil).
➖ Texnika: 15 yildan oshmagan yuk mashinasi, avtobus, traktor yoki boshqa texnika bo‘lsa.
➖ Depozit: bankdagi mablag‘ MHTEKMning 5 baravaridan ko‘p bo‘lsa.
➖ Ko‘chmas mulk: 2 tadan ortiq uy-joy yoki 1 tadan ziyod noturar joy mavjud bo‘lsa.

📌 Boshqa sabablar:
➖ 6 oy davomida mehnat organlariga ish izlab murojaat qilinmagan bo‘lsa;
➖ 12 oy ichida taklif etilgan ishdan 2 marta bosh tortilgan bo‘lsa;
➖ fuqaro haqidagi ma’lumotlar YAMMTda mavjud bo‘lmasa;
➖ sudyalar, ularning oila a’zolari va ayrim maxsus tuzilmalar xodimlariga nisbatan alohida tartib qo‘llansa.

⚠️ Eslatma: nafaqa tayinlash shartlari va istisnolarni rasmiy manbalar orqali tekshirish tavsiya etiladi. Har bir holat belgilangan tartib asosida baholanadi.

Kiritildi: 20:31 15.10.2026. O'qildi: 618 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!