Ozarbayjon Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar tarkibida alkogol miqdori yuqori bo‘lgan gigiyena vositalaridan foydalangan bo‘lishi mumkin, deb xabar beradi Kazinform agentligi muxbiri.
“22-23 fevral kunlari Boku shahrining Sabunchi tumanida turli manzillarda 15 kishi halok bo‘lgani qayd etilgan. Mazkur holat yuzasidan Ozarbayjon Respublikasi Jinoyat kodeksining 314.3-moddasi (ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga ehtiyotsizlik sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Prokuratura, kriminolog-ekspertlar va sud-tibbiyot ekspertlari tomonidan jinoyat joyi va marhumlarning jasadlari ko‘zdan kechirilib, ashyoviy dalillar olindi”, - deyiladi xabarda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar tarkibida 75% va 95% alkogol bo‘lgan turli xil gigiyena vositalaridan foydalangan.
“Voqea joyidan bo‘sh flakonlar va boshqa ashyoviy dalillar olib qo‘yildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deb xabar qildi Bosh prokuratura.