Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Boku va Anqara o‘rtasida kelishmovchilikmi? Aliyev sammitga bormasligini bildirdi

Boku va Anqara o‘rtasida kelishmovchilikmi? Aliyev sammitga bormasligini bildirdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 30 oktyabr kuni Turkiyaning Anqara shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmaydi. Boku bu qarorni davlat rahbarining tig‘iz ish jadvali bilan izohladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Aliyev shu kuni Bokuda bo‘lib o‘tadigan FIFA U-15 Jahon chempionati va festivalining final uchrashuvi hamda taqdirlash marosimida qatnashishi kerak. Uning ushbu tadbirdagi ishtiroki avvaldan rejalashtirilgan.

Sammitda Ozarbayjon delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov boshchilik qiladi.

Aliyevning Turkiyaga bormasligi Boku va Anqara o‘rtasida ayrim siyosiy kelishmovchiliklar kuzatilayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.

Sentyabr oyida Ozarbayjon maktablarida o‘quvchilarning kiyinishiga doir qoidalar o‘zgartirilgan edi. Mazkur qaror Turkiyaning hukmron "Adolat va taraqqiyot" partiyasi ayrim vakillari tomonidan tanqid qilindi.

Bunga javoban Ozarbayjonning "Yangi Ozarbayjon" partiyasi turkiyalik siyosatchilarni ikki mamlakat munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan bayonotlardan tiyilishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Aliyevning sammitda qatnashmasligi aynan ushbu kelishmovchiliklar bilan bog‘liq ekani haqida rasmiy tasdiq yo‘q. Boku asosiy sabab sifatida avvaldan belgilangan tadbirlarni ko‘rsatmoqda.

Kiritildi: 23:48 29.10.2026. O'qildi: 533 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!