Isroil va Eron orasidagi mojaroning kuchayishi fonunda Ozarbayjon shimoli-g‘arbiy Eron hududlarida, millionlab etnik ozarbayjonliklar yashaydigan joylarda tinch aholi orasida jabrlanish ehtimoli haqida chuqur tashvish bildirgan.
Ozarbayjon tomoni diplomatik kanallar orqali Isroilga rasmiy murojaat yo‘llab, xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya qilish va tinch aholini himoya qilish zarurligini eslatgan.
📢 Boku ayniqsa Sharqiy va G‘arbiy Ozarbayjon, Ardebil va Zenjan viloyatlariga qilingan zarbalar ko‘plab jabrlanishlarga olib kelishi va gumanitar falokatga sabab bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.
💬 Qayd etilishicha, Ozarbayjon an’anaviy ravishda ham Isroil, ham Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini saqlab kelmoqda, neytral pozisiyani ushlab turishga intilayotgan, shu bilan birga chet elda yashovchi vatandoshlarining xavfsizligi va huquqlarini doimiy himoya qiladi.