Xabar berganimizdek, 10-17 may kunlari Polshaning Varshava shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining ikkinchi bosqichiga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Natijalarga ko‘ra, To‘lqin Qilichev boshchiligida jamoamiz 6 ta oltin, 1 kumush va 2 ta bronza bilan musobaqani yakunladilar.
Sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-55 kg. Mirazizbek Mirzahalilov
-65 kg. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev
-80 kg. Javohir Ummataliyev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
+92 kg. Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-57 kg. Xumorabonu Mamajonova
Bronza medal:
-60 kg. Samandar Olimov
-70 kg. G‘ofur Tohirov.
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Davron Gafurov, Lazizbek Zokirov, Alimardon Dostanov, A’zim Xudayqulov.
Bokschilarimiz ushbu natija bilan yana bir bor ushbu kubok bahslarida yetakchi bo‘ldilar. Ikkinchilik mezbonlarga nasib etdi. Braziliyadan keyin Polshada ham doimgidek yetakchiligimizni isbotladik. Endi navbat Qozog‘istonda bo‘lib o‘tadigan uchinchi bosqich bahslariga.