Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi bo‘lishdi

Bokschilarimiz Osiyo chempionatining barcha yosh toifalarida birinchi bo‘lishdi

Indoneziyada boks bo‘yicha U19 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati nihoyasiga yetdi. Biroz avval o‘tkazilgan U23 yosh toifasidagi final janglarida ham yurtdoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, peshqadamlikni saqlab qolishdi. Mazkur yosh toifasidagi yigitlarimiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Oltin medal:

  • -65 kg: Ilhomjon Ergashev

  • -70 kg: Abdulloh Madaminov

  • -80 kg: Fazliddin Erkinboyev

  • +90 kg: Ozodbek Aliyev

Kumush medal:

  • -85 kg: Norbek Abdullayev

  • -90 kg: Samir Sobirov

Bronza medal:

  • -55 kg: Faryozbek Do‘smatov

  • -60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov

  • -75 kg: Abdulaziz Abduhamidov

Shu tariqa, mazkur qit’a birinchiligida yosh bokschilarimiz barcha yo‘nalishlarda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Kiritildi: 19:59 16.07.2026. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!