Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Boks. Yigitlarimiz ham MDHda tengsiz bo‘ldi

Boks. Yigitlarimiz ham MDHda tengsiz bo‘ldi

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan MDH o‘yinlarining bugun boks bahslarida so‘nggi kun janglari o‘tkazildi.

Finalga 10 nafar yigitlarimiz yetib kelishgan edi, ulardan 5 tasi g‘alaba qozonib, 5 ta oltinni naqd qilishdi. Demak, o‘smir yigitlarimiz 5 ta oltin, 5 kumush va 1 dona bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Albatta, ushbu natija terma jamoamizni MDH o‘yinlarida tengsiz ekanligini belgilab berdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-54 kg. Behruz Rohataliyev
-57 kg. Bobomurod Boymirzayev
-63 kg. Dilshod Ahmadjonov
-70 kg. Oybekjon Abdurahimov
-75 kg. Xurshidbek Jo‘rayev

Kumush medal:
-46 kg. O‘tkirbek Norqosimov
-50 kg. Azizbek Shokirjonov
-60 kg. Otabek Nurmuhammadov
-66 kg. Kamronbek Hamdamov
+80 kg. Farhodjon Bahodirov

Bronza medal:
-52 kg. Bekzod Ismoiljonov

Murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To‘raboyev, Elnur Abduraimov.

Yigitlarimiz ham qizlarimiz ham 5 tadan, 10 ta oltin medallariga ega chiqib, MDH davlatlari orasida birinchi bo‘lishdi. Kumush va bronzalarimiz ham 5 tadan. Hatto, mezbon Ozarbayjon davlati ikki tarkib bilan 18 va 26 nafar bokschi bilan ishtirok etib ham, terma jamoamizdan medal jamg‘arishda ancha ortda qoldi. Bu safar negadir qo‘shnilarimiz Qozog‘iston 2 donagina oltin bilan to‘rtinchi o‘rinda, uchda Rossiya jamoasi.

Boks. Yigitlarimiz ham MDHda tengsiz bo‘ldi

Kiritildi: 09:17 06.10.2025. O'qildi: 1134 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!