Bugun 2 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Boks. “Strandja”. Terma jamaomiz yana bir bor eng yaxshi deb topildi

Boks. “Strandja”. Terma jamaomiz yana bir bor eng yaxshi deb topildi

Bolgariyaning Sofiya shahrida 22 fevraldan 1 martga qadar davom etgan “Strandja” turniri o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 bronza bilan birinchi bo‘lgan bo‘lsa, ayollar jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 bronza bilan yetakchi bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin qo‘shnilar Qozog‘istonga, uchinchi pog‘ona bo‘lsa Ukraina bokschilariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-75 kg. Fazliddin Erkinboyev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
-90 kg. To‘rabek Habibullayev
-48 kg. Sabina Boboqulova
-57 kg. Nigina O‘ktamova
-65 kg. Navbahor Hamidova
-75 kg. Aziza Zokirova

Kumush medal:
-80 kg. Javohir Ummataliyev
+90 kg. Ozodbek Aliyev
-51 kg. Feruza Kazakova
+90 kg. Oltinoy Sotimboyeva

Bronza medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-85 kg. Norbek Abdullayev
-90 kg. Samir Sobirov
-48 kg. Farzona Fozilova
-80 kg. Ruxshona Parpiyeva

Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners Tissert, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Alimardon Dostanov, Nodir G‘ulomov, Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Azim Xudayqulov, Istam Kabinov, Shukurulla Vapayev, Shahzoda Umarova, Sherzod Ahmadjonov, Ramzjon Ahmedov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Jamoa menejeri: Ahmadbek Eshmatov.
Hakam: Aleksandr Hamidov.

Boks. “Strandja”. Terma jamaomiz yana bir bor eng yaxshi deb topildi

Kiritildi: Bugun 15:40. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!