Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Boks. Mujibillo Tursunovning WBC Gran-prisi finalidagi raqibi kim bo‘lishi ma’lum

Boks. Mujibillo Tursunovning WBC Gran-prisi finalidagi raqibi kim bo‘lishi ma’lum

19 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisi musobaqasining yarim final bosqichidan o‘rin olgan bellashuvlar o‘tkazildi.

Musobaqada super yengil vazn toifasidagi bahslarda o‘zining g‘alabali yurishini davom ettirayotgan hamyurtimiz Mujibillo Tursunovga final chiptasi yo‘lida ukrainalik Danilo Lozan qarshilik qildi. 6 raundga mo‘ljallangan jang to‘liq davom etib, yakunda Tursunov ochkolar evaziga g‘alaba qozongan holda Gran-prining hal qiluvchi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

25 yashar charm qo‘lqop ustamiz endi 5 dekabr kuni musobaqa g‘olibligi uchun kolumbiyalik Karlos Utria bilan bahs olib boradi. Utria yarim final bosqichida JAR vakili Ntetelo Nkosini birinchi raundda nokautga uchratgan edi. U faoliyati davomida 12 ta prof jang o‘tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.

Kiritildi: 23:06 20.10.2025. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!