Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Boks bo‘yicha JCH-2025 finalchilari aniqlandi

Boks bo‘yicha JCH-2025 finalchilari aniqlandi

World Boxing tomonidan Angliyaning Liverpul shahrida o‘tkazilayotgan Boks bo‘yicha jahon chempionati-2025 da barcha yarim final janglari yakunlandi. Ularning natijasiga ko‘ra, final juftliklari shakllandi.

Finalda eng ko‘p vakil bilan Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirok etadi — har biri 8 nafardan. Shuningdek, Braziliya — 4 nafar, Hindiston va Polsha — 3 nafardan, Turkiya, Avstraliya va Angliya — 2 nafardan, Fransiya, Mongoliya, Ispaniya, Yaponiya, Bolgariya, AQSH, Xitoy Taypeyi va Irlandiyadan esa bittadan bokschi finalga yo‘l oldi.

Shuningdek, uchta final jangi allaqachon bo‘lib o‘tdi: «oltin» medallarni O‘zbekiston, Hindiston va Polsha bokschilari qo‘lga kiritdi. Hindiston va Polshaga yana bittadan «kumush» medal ham nasib etdi, yana bir «kumush» esa Bolgariya vakili hissasiga to‘g‘ri keldi.

Erkaklar

50 kg: Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) — Battulga Aldarxishig (Mongoliya)

55 kg: Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston) — Rafael Losano Serrano (Ispaniya)

60 kg: Abdumalik Xalokov (O‘zbekiston) — Luis Gabriel de Oliveyra (Braziliya)

65 kg: Yuri Falkao dush Reys (Braziliya) — Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev (O‘zbekiston)

70 kg: Torexan Sabirxan (Qozog‘iston) — Sevon Okadzava (Yaponiya)

75 kg: Fazliddin Erkinboyev (O‘zbekiston) — Rami Kivan (Bolgariya) — 5:0

80 kg: Javohir Ummataliyev (O‘zbekiston) — Yojerlen Sezar (Fransiya)

85 kg: Akmaljon Isroilov (O‘zbekiston) — Tign Stott (Angliya)

90 kg: Isayas Santos Ribeyro Filyo (Braziliya) — To‘rabek Habibullayev (O‘zbekiston)

90+ kg: Aybek Oralbay (Qozog‘iston) — Jahongir Zokirov (O‘zbekiston)

Ayollar

48 kg: Nazim Qizaybay (Qozog‘iston) — Minakshi (Hindiston)
51 kg: Alua Balkibekova (Qozog‘iston) — Busenaz Chaqirog‘lu (Turkiya)
54 kg: Yoselin Peres (AQSh) — Xuan Syaoven (Xitoy Taypeyi)
57 kg: Jasmin (Hindiston) — Yuliya Sheremeta (Polsha) — 4:1
60 kg: Rebeka de Lima Santos (Braziliya) — Aneta Rigelska (Polsha)
65 kg: Aida Abikeeva (Qozog‘iston) — Navbahor Hamidova (O‘zbekiston)
70 kg: Natalya Bogdanova (Qozog‘iston) — Lekeysha Pergoliti (Avstraliya)
75 kg: Byushra Ishildar (Turkiya) — Eoyfe O’Rurk (Irlandiya)
80 kg: Ezeta Flint (Avstraliya) — Emili Eskvit (Angliya)
80+ kg: Agata Kachmarska (Polsha) — Nupur (Hindiston) — 3:2

Kiritildi: 09:18 14.09.2025. O'qildi: 817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!