Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Bojxona qo‘mitasi ushbu yilda 7,25 mln dan ortiq pirotexnika buyumini ushlab qoldi

Bojxona qo‘mitasi ushbu yilda 7,25 mln dan ortiq pirotexnika buyumini ushlab qoldi

Bojxona organlari tomonidan joriy yil davomida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar va bojxona nazorati natijasida jami 119 ta holatda qiymati 2,3 mlrd so‘mdan ziyod, miqdori 7 mln 250 ming donadan ortiq pirotexnika buyumlari ushlab qolindi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati rahbari Husan Tangriyev ma’lum qildi.

Asosiy qoidalar:

  • Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ishlab chiqarish, saqlash, tashish, olib kirish yoki foydalanish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

  • Xavflilikning II klassiga kiruvchi maishiy pirotexnika buyumlarini yaratish, ishlab chiqarish, O‘zbekiston hududiga olib kirish, realizasiya qilish va foydalanish taqiqlanadi.

  • Noqonuniy muomaladagi barcha pirotexnika vositalari vaqtincha saqlash uchun hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga topshiriladi.

Har qanday noqonuniy holatlar haqida xabar berish uchun Bojxona qo‘mitasining 11-08 ishonch telefoni orqali murojaat qilish mumkin. Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi.

Kiritildi: Bugun 15:24. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!