Prezident Farmoni (PF–27-son, 17.02.2026 y.) bilan “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–6012-son Farmonga o‘zgartirishlar kiritildi.
🔰 Farmonning 3-ilovasiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, BMTning vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.
🔗 Unga ko‘ra, BMTning shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan yuborilgan vaqtinchalik choralar to‘g‘risidagi murojaat Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgandan so‘ng 1 kun muddatda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va Adliya vazirligiga yuboriladi.
📝 Markaz 1 kun muddatda mas’ul davlat organlariga so‘rovnoma yuborib, ulardan vaqtinchalik choralarni amalga oshirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish va zarurat tug‘ilganda, asoslangan tushuntirish taqdim etishni so‘raydi.
⏭️ Davlat organlari 3 kun muddatda amalga oshirilgan chora-tadbirlar yoki amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan tushuntirishni Markazga taqdim etadi.
✅ Markaz ishchi guruh bilan birgalikda yig‘ilgan ma’lumotlar asosida 3 kun muddatda Hukumatning rasmiy nuqtai nazarini shakllantiradi va Tashqi ishlar vazirligiga yuboradi.
⏳ Hukumatning rasmiy nuqtai nazari Tashqi ishlar vazirligi tomonidan 2 kun muddatda BMTning shartnomaviy qo‘mitalariga yuboriladi.