Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

BMTdagi muhokama: Xitoy, Rossiya, Pokiston va Jazoir Isroil agressiyasiga qarshi chiqdi

BMTdagi muhokama: Xitoy, Rossiya, Pokiston va Jazoir Isroil agressiyasiga qarshi chiqdi

Xitoy, Rossiya, Pokiston va Jazoir tashabbusi bilan BMT Xavfsizlik Kengashida Isroilning Eron hududiga, jumladan yadroviy dastur bilan bog‘liq inshootlarga qilgan havo hujumlari muhokama qilindi.

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Moskva Isroil tomonidan Eronning tinch yadroviy ob’ektlariga qilingan hujumlarni qoralashini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «bunday harakatlar noqonuniy bo‘lib, xalqaro xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi». Nebenzya Isroilni «MAGATE himoyasi ostidagi ob’ektlarga ham» zarba berishni darhol to‘xtatishga chaqirdi.

Xitoyning BMTdagi vakili Fu Sun ham Isroil hujumlarini xalqaro huquqni buzish, Eron suverenitetiga tahdid va mintaqaviy barqarorlikni izdan chiqarish sifatida baholadi.

Pokiston vakili Asim Iftixar Ahmad bu harakatlarni «harbiy tajovuz» deb atadi va ular nafaqat mintaqani, balki butun jahon xavfsizlik tizimini xavf ostiga qo‘yayotganini ta’kidladi.

Jazoir vakili Amar Benjama esa bu hujumlarni «provokasiyasiz va asossiz» deb baholadi. Uning ta’kidlashicha, bu harakatlar BMT Nizomi va xalqaro huquq me’yorlariga ziddir.

Yig‘ilish chog‘ida Isroil hujumlarini darhol to‘xtatish va tinch atom sohasidagi xalqaro majburiyatlarga rioya etish haqida chaqiriqlar yangradi.

Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Islom Hamkorlik Tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-yig‘ilishida so‘zlab, Isroil G‘arbning shartsiz qo‘llab-quvvatlashiga tayangan holda o‘z tajovuzkor siyosatini davom ettirayotganini bildirdi. U avval Gaza va G‘arbiy sohil, keyin Livan, Yaman, Suriya va nihoyat Eron hujumga uchraganini eslatib, Isroil butun mintaqani beqarorlashtirish va tinchlik o‘rniga faqat hadsizlik va xaos tarqatishga harakat qilayotganini qayd etdi.

Kiritildi: 12:35 22.06.2025. O'qildi: 2186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!