Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

BMT Bosh kotibi Isroil, Eron va AQShni vazminlikka chaqirdi

BMT Bosh kotibi Isroil, Eron va AQShni vazminlikka chaqirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Eron va Isroil o‘rtasidagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va Islom Respublikasining yadroviy dasturi bo‘yicha jiddiy muzokaralarni qayta boshlash zarur, deb hisoblaydi.

U bu haqda AQShning Eron yadro inshootlariga zarbalari munosabati bilan chaqirilgan BMT Xavfsizlik kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida ma’lum qilgan.

Jahon tashkiloti rahbarining ishonchi komilki, AQShning Eron yadroviy inshootlarini bombardimon qilishi allaqachon keskinlik holatida bo‘lgan mintaqa uchun xavfli burilish bo‘ldi. Guterrish inqiroz boshidanoq Yaqin Sharqdagi har qanday harbiy kuchayishni bir necha bor qoralaganini ta’kidladi:

"Biz zudlik bilan va qat’iy harakat qilib, janglarni to‘xtatib, Eron yadro dasturi bo‘yicha jiddiy va barqaror muzokaralarga qaytishimiz kerak. Bizga ishonchli, keng qamrovli va tekshirilishi mumkin bo‘lgan yechim, jumladan, Xalqaro atom energiyasi agentligi inspektorlari uchun to‘liq kirish imkoni kerak. Bunday yechim ishonchni tiklaydi.

Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma xalqaro tinchlik va xavfsizlikning asosidir. Eron o‘z qoidalariga rioya qilishi kerak, chunki BMTga a’zo barcha davlatlar BMT Nizomi va boshqa xalqaro huquq, jumladan, xalqaro gumanitar huquq bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga majburdir”.

Kiritildi: 09:16 23.06.2025. O'qildi: 670 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!