BMT Xavfsizlik Kengashi BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi (UNAMA) muddatini yana bir yilga uzaytirdi.
Yig‘ilishda Afg‘oniston bo‘yicha ovozga qo‘yilgan rezolyusiya loyihasi bir ovozdan qabul qilingan.
Hujjatda aytilishicha, missiyaning vakolat muddati 2026 yil 17 martgacha uzaytirilgan, uning mandatiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan.
Eslatib o‘tamiz, UNAMA 2002 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining 1401-rezolyusiyasi bilan tashkil etilgan va uning amal qilish muddati har yili uzaytiriladi. Missiyaning markaziy shtab-kvartirasi Kobulda joylashgan va unda 1200 nafarga yaqin xodim ishlaydi.