Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Real" prezidenti Peres yulduz Vinisiusning maqomini o‘zgartirdi

"Real" prezidenti Peres yulduz Vinisiusning maqomini o‘zgartirdi

"Real" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqa olmadi. Turnirning yarim finalida Xabi Alonso jamoasi "PSJ"ga yirik 0:4 hisobida yutqazdi. Hujumchi Vinisius Junior AQShdagi turnirda muvaffaqiyatsiz ishtirok etdi. Madrid klubi braziliyalik futbolchining past darajadagi o‘yinidan, shuningdek, Kilian Mbappe bilan yomon munosabatda bo‘lganidan xavotirda. "Qaymoqranglilar" Vinisius hal qiluvchi pallalarda o‘zini ko‘rsata olmadi, deb hisoblamoqda.

Shu fonda "Real" rahbari Florentino Peres Vinisiusning maqomini o‘zgartirdi. Madrid klubi prezidenti endi braziliyalik futbolchini daxlsiz deb hisoblamaydi. Bularning barchasi haqida Fichajes portali xabar berdi.

Vinisius Juniorning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 18:14 10.07.2025. O'qildi: 1060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!