"Bunyodkor" va O‘zbekiston milliy terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov legionerga aylanishga yaqin turibdi.
Uzbekistan Legionaries telegram-kanali xabariga ko‘ra, 29 yoshli futbolchimizga Eronning ikki grandi "Persepolis" va "Istiqlol" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Hamrobekov yaqin soatlarda yakuniy tanlovni amalga oshirishi kerak.
Futbolchi joriy mavsumda "qaldirg‘ochlar" safida umumiy 15 ta o‘yinda 1 ta assist amalga oshirdi.