Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi Bashar Asad rejimi qulagandan so‘ng 200 mingga yaqin suriyalik qochqinning vataniga qaytganini ma’lum qildi.
Biroq, ular qaysi davlatlardan qaytgani haqida ma’lumot berilmadi.
"8 dekabrdan 16 yanvargacha 195 200 nafarga yaqin suriyalik o‘z uylariga qaytdi. Yaqin kunlarda men Suriya va qo‘shni mamlakatlarga tashrif buyuraman, shu bilan birga bizning agentligimiz qaytib kelayotgan va qabul qilayotgan jamoalarga ko‘rsatilayotgan yordamni kuchaytirmoqda," deya u X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
Fuqarolar urushi boshlanganidan beri bir necha million aholi Suriyani tark etgan. Qochqinlarning eng ko‘p qismini Turkiya qabul qilgan.