Bugun 4 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Bizning rad javobimiz dahshatli tushga aylanadi". Erondan AQShga ogohlantirish

"Bizning rad javobimiz dahshatli tushga aylanadi". Erondan AQShga ogohlantirish

Eron parlamenti raisi Muhammad Boqir G‘olibof AQShdagi oraliq saylovlar natijasini amerikaliklarning Eronga qarshi urushni rad etgani sifatida baholadi.

"Amerikaliklar urushga "yo‘q" deyishdi va biz bu pozisiyani qo‘llab-quvvatlaymiz.

Agar AQSh hukumati xalqaro homiylar va shantajchilar manfaati yo‘lida o‘z xalqining irodasiga xiyonat qilsa, bizning "yo‘q" degan javobimiz ular uchun dahshatli tushga aylanishini tushunib yetadi", — deb yozdi G‘olibof X ijtimoiy tarmog‘ida.

CNN ma’lumotiga ko‘ra, AQShdagi oraliq saylovlar natijasida Demokratik partiya Kongressning har ikki palatasi — Vakillar palatasi va Senatda ko‘pchilikni qo‘lga kiritmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:44. O'qildi: 270 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!