Mazkur nufuzli musiqiy bellashuv joriy yilning 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Toshkent mezbonlik qiladigan tanlovda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatidan, jumladan, Rossiya, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Qozog‘istondan yosh ijrochilar qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.
Musobaqada 9 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovning bosh shartiga ko‘ra, qatnashchilar o‘zlari yaratgan yoki yaratilishida faol qatnashgan yangi kompozisiyani jonli ijro etishlari shart.