Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi “M.M.T.X.” MCHJning yer solig‘idan yuzaga kelgan asossiz qarzdorligi Biznes-ombudsman aralashuvi bilan ijobiy hal etildi.
Ushbu korxona avval ham soliq organlari tomonidan yer solig‘i noto‘g‘ri hisoblangani yuzasidan murojaat qilgan va Biznes-ombudsman ko‘magida muammo bartaraf etilgan edi. Bu galgi holatda soliq organi tadbirkor tomonidan 2 yil avval zaxiraga qaytarilgan va balansidan chiqarilgan 2951,2 ga. yer uchun 106 mlrd so‘m yer solig‘i hisoblagan.
Bunga asos bo‘lgan ma’lumotlar bazasidagi xatoliklar tadbirkorning bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, soliq organi tomonidan to‘g‘rilanmay kelingan.
Murojaat o‘rganilib, soliq organlariga tegishli ko‘rsatmalar berildi va qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilishi ta’minlandi. Natijada korxonaning shaxsiy hisobvarag‘idagi noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorlik bartaraf etildi.
Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, asossiz moliyaviy yuklamalarning oldini olish hamda davlat organlari axborot tizimlaridagi xatoliklarni tuzatish yuzasidan nazorat ishlari izchil davom ettirilmoqda.