ProFinance ma’lumotlariga ko‘ra, 13 aprel, dushanba kuni Urals narxining g‘ayritabiiy o‘sishini qayd etdi. Portal birja ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya neftining narxi birdaniga 20 foizga - 96 dollardan 114 dollargacha ko‘tarildi.
OAV ta’kidlashicha, bu holatning ikki ehtimoliy sababi bor:
▪️Kuzatuv tizimida nosozlik. Biroq bu nosozlik juda uzoq davom etayotgani shubha uyg‘otmoqda.
▪️Tramp tomonidan Ho‘rmuz bo‘g‘oziga kiritilgan blokada fonida Rossiya nefti narxining haqiqiy o‘sishi.
Aprel oyi boshida Rossiyaning Urals neftining narxi bir barrel uchun 116 dollardan oshgandi. Bu 2013 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi, deya eslatadi RBK.