Turkiya tashqi vaziri Hoqon Fidan bu haqda Anadolu'ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Isroil Erondan keyin “dushman”siz yashay olmaydi. Biz uning Turkiyani “yangi dushman” sifatida e’lon qilish yo‘lini izlayotganini ko‘ryapmiz", — dedi vazir.
Turkiya TIV rahbari Isroilning Suriyaga nisbatan hujumlari haqida ham o‘z xavotirini bildirdi.
"Suriyada katta muammoni ko‘ryapmiz, bu biz uchun jiddiy xavf. Hozir Isroil Erondagi vaziyat sabab ayrim harakatlarni qilmayapti, ammo bu kelajakda ham shunday bo‘ladi degani emas. Vaqti kelganda ular buni amalga oshirishni istashi mumkin", — deya fikr bildirdi siyosatchi.
Fidan Netanyahuning tajovuzkor yondashuvi aniq ekanini bildirib, Turkiya ham shunga munosib tegishli choralarni ko‘rib borayotganini ta’kidladi.