Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

“Real” muddatidan oldin “Barsa” chempionligini tan oldi

“Real” muddatidan oldin “Barsa” chempionligini tan oldi

«Real» bor e’tiborini Chempionlar ligasi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi javob o‘yiniga qaratgan va o‘z uyidagi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng yarim finalga chiqishga ishonmoqda. La Liga sovrini masalasiga kelsak, madridliklar chempionlik qo‘ldan chiqarilganiga allaqachon tan berib bo‘lishgan. Bu haqda The Athletic nashri sahifalaridagi maqolada aytib o‘tilgan.

Ma’lumki, Ispaniya chempionatining o‘tgan turi yakunlariga ko‘ra, «Real»ning peshqadam «Barselona»dan ortda qolishi to‘qqiz ochkogacha yetdi. Oldinda yana yettita tur, jumladan, «Kamp Nou»dagi «El-Klasiko» bor, biroq madridliklar uchun kataloniyaliklarni quvib yetish juda qiyin bo‘ladi.

Qayd etish lozimki, «Barselona» Ispaniyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.

Kiritildi: 18:54 14.04.2026. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!