O‘zbekiston jazoni ijro etish muassasalarida salkam 50 ming nafar mahkum jazo muddatini o‘tamoqda. Bu haqda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashrafov boshchiligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Satimbayevga ko‘ra, O‘zbekistonda 49 ta jazoni ijro etish muassasasi mavjud.
Bugungi kunda 49 ta jazoni ijro etish muassasalarimizda jami 47 432 nafar mahkum jazo muddatini o‘tamoqda, dedi Otabek Satimbayev.
Mas’ulning aniqlashtirishicha, mamlakatdagi jazoni ijro etish muassasalari asosan ikki turga — yopiq turdagi koloniyalar hamda manzil-koloniyalarga bo‘linadi.
Yopiq turdagi koloniyalarda 26 ming nafar, manzil-koloniyalarida esa 11 ming nafardan ortiq mahkum jazo muddatini o‘tamoqda, dedi Otabek Satimbayev.