Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

"Kubaga bostirib kirish Vashingtonga qimmatga tushadi"

"Kubaga bostirib kirish Vashingtonga qimmatga tushadi"

Kuba prezidenti mamlakat mustaqilligini himoya qilish uchun har qanday qurbonlikka tayyorligini ma’lum qildi.

Migel Dias-Kanel NBC News telekanaliga bergan intervyusida AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan davom etayotgan kuchli bosim fonida Kuba rahbariyati o‘z pozisiyasidan chekinmasligini va boshqaruv tizimida o‘zgarishlar qilish niyatida emasligini ta’kidladi.

"Kubaga bostirib kirish Vashingtonga qimmatga tushadi. Bu nafaqat Kuba, balki AQSh va butun mintaqa xavfsizligiga ta’sir qiladi. Agar bu sodir bo‘lsa, jang qilamiz, biz o‘zimizni himoya qilamiz. Agar o‘lishimiz kerak bo‘lsa, o‘lamiz. Zero, milliy madhiyamizda aytilganidek, Vatan uchun o‘lmoq yashamoq demakdir", — dedi Kuba yetakchisi.

Shu bilan birga, u muloqot va diplomatiya yo‘li har doim urushdan ko‘ra mantiqliroq yechim ekanini qo‘shimcha qildi.

Avvalroq, AQSh prezidenti "Eron masalasini hal etgach, Kubaga “nazar tashlaymiz”, deya bayonot bergan edi.

Kiritildi: Bugun 12:50. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!