"BMT a’zo davlatlarni badal to‘lash bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga chaqirmoqda, ammo pul tugaydigan "qiyomat kuni" uchun aniq sanani ayta olmayapti", – deydi Stefan Dyujarrik jurnalistlar uchun o‘tkazilgan brifing chog‘ida.
"O‘tgan hafta biz Xitoydan salmoqli qisman to‘lov oldik — taxminan 800 million dollar, bu ayni vaqtda yordam bermoqda. Ammo biz barcha a’zo davlatlarni o‘z majburiyatlarini bajarishini so‘raymiz", — deya qo‘shimcha qiladi Dyujarrik.
Avvalroq The Wall Street Journal gazetasi AQSh va Xitoy tashkilotga to‘lovlarni amalga oshirmayotgani sababli BMT bankrotlik yoqasida turganini xabar qilgan edi.