Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Bessent: "AQShning Eronga bosim o‘tkazish rejasi bo‘yicha aniq muddatlar yo‘q"

Bessent: "AQShning Eronga bosim o‘tkazish rejasi bo‘yicha aniq muddatlar yo‘q"

AQSh moliya vaziri Skott Bessent Eronga nisbatan iqtisodiy bosim o‘tkazish kampaniyasi qancha davom etishi haqida aniq ma’lumotga ega emasligini ma’lum qildi.

Bessent haqda CNBC telekanali efirida bayonot bergan.

Rasmiy shaxsdan AQSh Eronni muzokaralar stoliga qaytarishga ishontirishi uchun qancha vaqt talab etilishi so‘ralgan.

«Menda aniq muddatlar yo‘q», — deb javob berdi u. Shu bilan birga, ikki oydan ortiq vaqtdan beri davom etayotgan «Iqtisodiy tahqirlangan» operasiyasi juda muvaffaqiyatli kechayotganini ta’kidladi.

Avgust oyi oxirida Bessent «Iqtisodiy tahqirlangan» operasiyasi boshlanganini e’lon qilgan edi. Ushbu operasiya doirasida Vashington Eron hukumati daromad oladigan barcha manbalarni to‘sib qo‘yishni maqsad qilgan. O‘shanda u mazkur choralar bir necha oy davom etishi mumkinligini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 10:30. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!