Bugun 23 may, 2026 yil, shanba

КИР

Berlin yaqinida Qizil armiyaning snaryadlar ombori topildi – DW

Berlin yaqinida Qizil armiyaning snaryadlar ombori topildi – DW

Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli o‘q-dorilar Berlinning Pankov tumanidagi o‘rmonda, oddiy va tinch sayr vaqtida fuqaro tomonidan topilgan, deb xabar bermoqda Berlin polisiyasi. Shuningdek, polisiya xavfli topilmaning suratlarini ham e’lon qildi.

Voqea joyiga Yer jinoyat qidiruv boshqarmasining (LKA) maxsus guruhi yetib kelgan. Xabarda aytilishicha, xodimlar u yerda umumiy vazni qariyb 1,5 tonnani tashkil etuvchi, 122 mm kalibrli minomyotlar uchun mo‘ljallangan 59 ta ishlatilmagan snaryadni ko‘rishgan. Hozirda sapyorlar ularni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun donalab chiqarib olishmoqda. Aholi uchun hech qanday xavf yo‘q.

Bild nashrining da’vo qilishicha, minalar solingan qutilarni o‘rmonda metall qidiruvchi qurilma bilan yurgan xazina izlovchi topib olgan. U qurilmadan signal olib, qazishni boshlaganda zanglagan o‘q-dorilarga duch kelgan va polisiya chaqirgan, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 19:41. O'qildi: 512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!