Berlindagi elektr tarmog‘ini to‘liq ta’mirlash uchun bir necha oy kerak bo‘ladi. Bu haqda Stromnetz Berlin operatori xabar berdi.
"Ikkita vaqtinchalik tizim tarmoqning dastlabki holati tiklangunga qadar ishlaydi. Biroq, ishning o‘zi bir necha oy davom etadi", - deyiladi kompaniya press-relizida.
Operatorning aniqlik kiritishicha, 7 yanvar kuni shaharning janubi-g‘arbiy qismida elektr ta’minoti tiklanganidan so‘ng, ikkinchi yuqori kuchlanishli liniya ishga tushirilgan.
Ulanish rejaga muvofiq va uzilishlarsiz amalga oshirildi.
"U jabrlangan hududlarda elektr ta’minotining qo‘shimcha xavfsizligini ta’minlaydi," - deya ta’kidladi Stromnetz Berlin.