Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Bepul davolaydigan bolalar orfan kasalliklari ro‘yxati 5 dan 10 tagacha kengaytiriladi

Bepul davolaydigan bolalar orfan kasalliklari ro‘yxati 5 dan 10 tagacha kengaytiriladi

Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordamni yaxshilash, farmasevtika sohasidagi islohotlarning ijrosi hamda yangi loyihalar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Bugungi kunda 5 turdagi orfan va irsiy-genetik kasalliklarga chalingan jami 2174 nafar bola davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan bepul diagnostika, dori vositalari va maxsus shifobaxsh oziq-ovqat bilan ta’minlanib kelinmoqda.

Ushbu turdagi kasalliklarning diagnostika qilish sifatining yaxshilanishi natijasida orfan kasalliklarining yangi turlari aniqlanmoqda va davolanishga muhtoj bolalarning soni ortib bormoqda

Taqdimotda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan 2026−2030 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida axborot berildi.

Dasturga ko‘ra, endilikda davolanishi davlat hisobidan qamrab olinadigan kasalliklarning soni 5 tadan 10 taga kengaytiriladi, yosh chegarasi 18 dan 21 ga uzaytiriladi. Dasturni amalga oshirish uchun 2026−2030 yillarda jami 961 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Davlat rahbari tegishli qarorni imzoladi va dasturni tasdiqladi.

Kiritildi: 23:05 03.11.2025. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!