Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ro‘ziqul Berdiyev: "Borimiz shu, shekilli"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Borimiz shu, shekilli"

"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev Elit Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yin og‘ir bo‘lishini kecha aytib o‘tgan edik. Amalda ham shunday bo‘ldi. Kuchimiz yetganicha qarshilik qildik, lekin o‘yinning oxiriga kelib jamoada kuch qolmagani sabab tashabbusni berib qo‘ydik. Ikkita standart vaziyat bugun raqibga g‘alaba keltirdi. Standart vaziyatlardagi xatolarni taxlil qilib chiqamiz.

Abduvohid (Ne’matov) yaxshi darvozabon. Balki bosim ta’sir qilayotgandir, balki raqobatning yo‘qligi bunday xatolarga sabab bo‘layotgandir. Bugungi va oldingi mag‘lubiyatlarda barcha birdek aybdor. Mag‘lubiyatning asosiy sabablarini aytib o‘tdim. Bu turnirda kuchli raqiblarga qarshilik ko‘rsatish uchun biz eng yuqori holatda bo‘lishimiz kerak.

Bu o‘yinlar bizga dars bo‘lmoqda. Bunday jamoalarga qarshi turib berish uchun tarkibimiz juda kuchli bo‘lishi kerak. Bu nafaqat "Nasaf" uchun, balki boshqa jamoalarimiz uchun ham taalluqli. Hozirgidan 2-3 baravar kuchli legionerlarni olib kelish esa oson emas», - dedi "ajdarlar" ustozi.

Kiritildi: 08:15 04.11.2025. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!