Bugun 4 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Ronaldu Runining «Messi undan yaxshi» degan so‘zlariga javob berdi

Ronaldu Runining «Messi undan yaxshi» degan so‘zlariga javob berdi

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ueyn Runining Lionel Messi uning o‘zidan yaxshi degan fikriga munosabat bildirdi.

– Runi sendan nafratlanmasligini aytdi, lekin baribir Messi sendan yaxshi, deb hisoblashini ta’kidladi.
– Muammo yo‘q, lekin men bu fikrga qo‘shilmayman. Kamtar bo‘lib o‘tirmayman, – dedi «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi forvardi Pirs Morgan bilan suhbat tizerida.

Avvalroq jurnalist va teleboshlovchi Pirs Morgan Ronaldu bilan «eng shaxsiy va ochiq suhbat» bo‘lishini aytgan edi. Bugun intervyuning tizeri taqdim etildi, uning birinchi qismi esa ertaga chiqadi.

Kiritildi: 23:48 03.11.2025. O'qildi: 9548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!