AQShda shatdaun sababli aviaqatnovlar to‘xtatilishi mumkin, deb xabar bermoqda Bloomberg
Qo‘shma Shtatlar transport vaziri Shon Daffi shatdaun tufayli parvozlar xavfsizligiga tahdid yuzaga keksa, mamlakat havo hududini yopishini ma’lum qildi.
Bloomberg'ning qayd etishicha, Fuqarolik aviasiyasi federal boshqarmasi (FAA) dispetcherlar yetishmasligi sababli aeroportlardagi harakatni sekinlashtirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda juma kuni 6200 dan ortiq reys kechiktirilgan, deyarli 500 tasi bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Senati federal xarajatlarni moliyalashtirish bo‘yicha qonun loyihalaridan hech birini qabul qilmagan va 1 oktyabrdan boshlab hukumat faoliyatining qisman to‘xtatilishi, ya’ni shatdaun boshlangan edi.