Italiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Aleksey Paramonovni chaqirtirdi.
Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar berdi.
Italiya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, chaqiruvga Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaning Rimdagi tarixiy Konti minorasining bir qismi qulashi haqidagi bayonoti sabab bo‘lgan.
3 noyabr kuni Zaxarova o‘zining Telegram-kanalida Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun milliardlab yevro yo‘naltirilayotgani tufayli Italiya tez orada "iqtisoddan to minoralargacha" qulashini aytdi.