Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Benzema: «Real»ga yo‘q deya olmayman»

Benzema: «Real»ga yo‘q deya olmayman»

Madridning "Real" klubi sobiq forvardi Karim Benzema klubga qaytishi haqida fikr bildirdi. 2023 yildan beri fransuz Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubi sharafini himoya qilmoqda.

"Agar Florentino Peres "Real"da bo‘lsa, bu sodir bo‘lishi mumkin. Men hech qachon Peresga rad javobini berolmasdim. Men madridistman. Men buni yurakdan his qilaman. Madrid hali ham mening shahrim. Ko‘ramiz, nima bo‘larkin," - deya Benzemaning so‘zlarini keltiradi Diario AS.

Joriy mavsumda 37 yoshli Benzema barcha musobaqalarda to‘qqizta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol urdi. Hujumchining "Al-Ittihod" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Benzema "Real" safida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi.

Kiritildi: 14:06 18.11.2025. O'qildi: 409 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!