Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Ben-Gvir G‘azodan 1,86 million falastinlikni ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Ben-Gvir G‘azodan 1,86 million falastinlikni ko‘chirish rejasini taqdim etdi

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir G‘azo sektoridan 1,86 milliongacha falastinlikni yetti yil davomida majburan ko‘chirishga qaratilgan rejani taqdim etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rejaning birinchi bosqichida birinchi yil davomida 250 ming, uch yil ichida 1,11 million va yettinchi yilga kelib qariyb 1,86 million falastinlikni G‘azodan chiqarish ko‘zda tutilgan.

Tashabbus tanqidchilar orasida jiddiy xavotir uyg‘otdi. Ular rejani falastinliklarni ommaviy ravishda majburan ko‘chirish va etnik tozalashga qaratilgan dastur sifatida baholamoqda.

Kiritildi: 17:19 06.09.2026. O'qildi: 865 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!