Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Bellingem o‘yindan so‘ng nima sababdan Argentina terma jamoasi o‘yinchisini urgani ma’lum bo‘ldi

Bellingem o‘yindan so‘ng nima sababdan Argentina terma jamoasi o‘yinchisini urgani ma’lum bo‘ldi

Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Jud Bellingem JCH-2026 yarim finali tugaganidan so‘ng Argentina terma jamoasi o‘yinchisi Valentin Barko bilan tortishib qoldi.

Inglizlar o‘yin oxirida ikkita gol o‘tkazib yuborib, 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Hakamning yakuniy hushtagidan so‘ng darhol Bellingem o‘z jamoadoshlari bilan g‘alabani nishonlayotgan Valentin Barkoning boshiga zarba berdi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi argentinalik futbolchidan bejizga g‘azablanmagan: manbaga ko‘ra, 21 yoshli «Strasburg» futbolchisi butun o‘yin davomida zaxira o‘rindig‘idan turib Angliya terma jamoasi o‘yinchilarini provokasiya qilgan. Enso Fernandes 85-daqiqada hisobni tenglashtirganida, Barko o‘z jamoasi bilan bayram qilish o‘rniga inglizlarni mazax qilishni afzal ko‘rgan.

Kiritildi: 23:55 16.07.2026. O'qildi: 10575 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!